Ijrochi
SAVOL-JAVOB

Aniq savol.
Qisqa javob.

Ishni boshlashdan oldin bilishingiz kerak bo‘lganlar.

Ijrochi qanday ishlaydi?

Rahbar bot orqali ovozli yoki miniapp orqali matnli topshiriq beradi. Ijrochi vazifani miniappda ko‘radi, natijasini yuboradi. Rahbar javobni tekshirib, tasdiqlaydi yoki qaytaradi.

Kompyuterdan ham foydalanish mumkinmi?

Ushbu sayt xizmat bilan tanishish uchun. Ishchi panel Telegram Mini App orqali ochiladi. Qurilmangizdagi Telegram miniapplarni qo‘llab-quvvatlashi kerak.

Ovozdan tayyorlangan topshiriqni tahrirlay olamanmi?

Ha. Tizim tayyorlagan matn, ijrochi va muddatni yuborishdan oldin ko‘rib chiqasiz va kerak bo‘lsa o‘zgartirasiz.

Jamoani qanday ulayman?

Telegramdagi sotuv bo‘limidan boshlaysiz. Hisob ochilgach, rahbar jamoa tuzilmasi va xodimlarni qo‘shadi. Xodimlar taklif orqali o‘z hisobiga ulanadi.

Qaysi tarifni tanlaganim ma’qul?

Xodimlar va bo‘limlar soni, ovozli topshiriqlar hajmi va kerakli hisobotlarga qarab tanlang. Tariflar sahifasida amaldagi limitlar bor; Telegram orqali maslahat ham olishingiz mumkin.

To‘lov va obuna qanday boshqariladi?

Tarif va to‘lov davri Telegramdagi sotuv miniappida tanlanadi. Yakuniy taklif, to‘lov ko‘rsatmalari va obuna holati shu yerda ko‘rsatiladi.

Savolingizga javob topilmadimi?

Telegramda so‘rash